«sirdaryo viloyati» tegli maqolalar


Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi
15 aprel 2024, 11:24

Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi

Uzoq yillardan buyon uzum yetishtirib kelayotgan sirdaryolik bog‘bonga prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili topshirildi. Tursunboy ota Aripovning aytishicha, davlat rahbari undan mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishni so‘ragan.

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi
14 mart 2024, 13:38

Prezident rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmagani va pastga tushib ishlamaganini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joylardagi rahbarlar Sayxunoboddagi ahvolni yaxshilashga e’tibor qaratmaganini, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari shu sababdan lavozimidan ozod etilganini ta’kidladi.

Sirdaryo viloyatida “zapravka” 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
30 yanvar 2024, 14:23

Sirdaryo viloyatida “zapravka” 62,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Boyovut tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan MCHJ 41,6 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning ortidan davlatga 62,4 mlrd so‘mlik zarar yetgan. Muassasa mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi
6 yanvar 2024, 15:39

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgani sababli uning o‘rnini yoshlar yetakchisi Dilmurod Rahimjonov vaqtincha egalladi. Hokimlik buni “yoshlarga motivatsiya berish” deya izohladi. Bunday amaliyot 2020-yilda Andijon viloyatida ham kuzatilgan.

Mirzaobod tumaniga Sarvar Sultonov hokim etib tayinlandi
31 oktabr 2023, 16:24

Mirzaobod tumaniga Sarvar Sultonov hokim etib tayinlandi

Shu vaqtgacha Sirdaryo viloyatining Shirin shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Sirdaryoda qalbaki 8300 dan ortiq dollar musodara qilindi
27 oktabr 2023, 22:42

Sirdaryoda qalbaki 8300 dan ortiq dollar musodara qilindi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 8370 dolla qalbaki dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi.

Oqoltinda ko‘prik cho‘kishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘lining bir qismida harakat cheklandi
17 sentabr 2023, 14:58

Oqoltinda ko‘prik cho‘kishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘lining bir qismida harakat cheklandi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent-Jizzax yo‘nalishida ko‘prik cho‘kishi oqibatida harakat cheklandi. Haydovchilar uchun aylanma yo‘l tashkil etildi. Toshkentga yo‘l olgan transport vositalari eski yo‘ldan harakatni davom ettirishlari mumkin.

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida
28 iyul 2023, 16:48

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev o‘z o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlariga 4 mlrd so‘m evaziga 16 ta Tracker xarid qilinayotganiga izoh berdi. “Ayrim tumanlarda hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi. Ulardan talab qilishim uchun, avvalo, shart-sharoit yaratib berish kerak”, — dedi hokim.

Sirdaryo viloyatida cho‘kayotgan ona-bolani qutqarib qolgan 21 yoshli yigit taqdirlandi
8 iyul 2023, 15:04

Sirdaryo viloyatida cho‘kayotgan ona-bolani qutqarib qolgan 21 yoshli yigit taqdirlandi

21 yoshli yigit Yangiyer shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy Mirzacho‘l” kanalida cho‘kayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Unga viloyat hokimi va FVB rahbari boshchiligida sovg‘a topshirildi.

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi
11 aprel 2023, 18:15

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti xitoylik hamkorlar bilan Sirdaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. “Avtomobil zavodlari qancha ko‘p bo‘lsa, narx ham shunchalik arzon bo‘ladi, sifat ham o‘zgaradi”, deb hisoblaydi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, Sirdaryoda yo‘l qurilishiga biznesni jalb qilish boshlanadi.

Sirdaryo viloyati 5 ta tashabbus bo‘yicha rivojlantiriladi
7 aprel 2023, 15:17

Sirdaryo viloyati 5 ta tashabbus bo‘yicha rivojlantiriladi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati aholisi farovonligini oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbusni ilgari surdi. 20 ta yo‘nalishdagi loyihalarga imtiyozlar joriy etiladi, 11 ta tuman va shahar sanoatga ixtisoslashadi, viloyat yirik logistika xabiga, Guliston shahri esa “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.

Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
7 aprel 2023, 09:34

Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Raximjon Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

IFC O‘zbekistonga Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurishda yordam beradi
24 mart 2023, 17:26

IFC O‘zbekistonga Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryoda 1580 MVtli IESni qurish uchun 150 mln dollar ajratdi va 1 mlrd dollardan ortiq xususiy moliyalashtirishni jalb qildi. Stansiya gazda ishlaydi va butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga bo‘lgan talabning 17 foizini qondirishi kutilmoqda.

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
14 mart 2023, 14:08

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izning odamlarga hujum qilgani rad etildi
5 fevral 2023, 21:59

Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izning odamlarga hujum qilgani rad etildi

Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi tarmoqlarda yovvoyi to‘ng‘iz odamlarga hujum qilgani haqidagi videoxabar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil oktabrida Guliston tumanida haqiqatdan ham bir bosh yovvoyi to‘ng‘iz ovlanib, traktorda sudrab olib ketilgan, biroq qolgan kadrlar montajda qo‘shilgan.

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2023, 09:45

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketildi.

Sirdaryodagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi
16 yanvar 2023, 15:45

Sirdaryodagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Xovos tumanida gaz portlashi tufayli 2 kishi vafot etdi, 1 kishi jarohat oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlandi.

Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
26 noyabr 2022, 18:05

Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Prezident farmoni bilan shu vaqtgacha Navoiy viloyati hokim o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi hokimi prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

«To‘rt-beshta narsa ketma-ket portladi». Sirdaryodagi portlash sodir bo‘lgan hududdan fotoreportaj
22 oktabr 2022, 23:06

«To‘rt-beshta narsa ketma-ket portladi». Sirdaryodagi portlash sodir bo‘lgan hududdan fotoreportaj

«Birinchi osmon yorishdi, keyin yer qimirlab, kuchli portlash ovozi eshitildi». Sirdaryodagi harbiy omborxona yaqinida yashovchi aholi shanba tongini shunday xavotir ila kutib oldi. Zararlarni davlat qoplab berishi aytilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari voqea joyidan fotoreportaj tayyorladi.

Sirdaryoda Sibir yarasi bilan kasallanish holati aniqlandi
15 iyul 2022, 11:56

Sirdaryoda Sibir yarasi bilan kasallanish holati aniqlandi

Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro Sibir yarasini (kuydirgi) yuqtirib olgani aniqlandi. Viloyat SES boshqarmasi kasallik odamdan odamga yuqmasligini aytib, hozirda epidemiologik vaziyat barqarorligi va xavotirga o‘rin yo‘qligiga ishontirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting